Germaniyaning BioNTech bioinjenerlik kompaniyasi rahbari Ugur Shahin amerikalik farmatsevtika giganti Pfizer bilan birgalikda ishlab chiqilgan vaksina bemorlarni koronavirusdan kamida bir yil himoya qilishiga umid qilmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Foto: RIA Novosti

“Men shaxsan vaksina bizni himoya qiladi deb o’ylayman… kamida bir yil. Agar biz qayta vaksina qabul qilishimiz kerakligini bilsak, buni bir yil ichida amalga oshirishimiz mumkin”, – dedi Shahin Fox News kanali efirida.

BioNTech 9-noyabr kuni Pfizer bilan ishlab chiqarilgan vaksina sinovlarda COVID-19 infeksiyasini oldini olishda 90 foizdan yuqori samaradorligini ko’rsatganini va AQSh vaksinasi uchun ariza noyabr oyidayoq berilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Eslatib o’tamiz, Gamaleya nomidagi ilmiy markaz tomonidan Rossiya to’g’ridan-to’g’ri investitsiya fondi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi birinchi vaksina “Sputnik V” nomini oldi va u 11-avgust kuni dunyoda birinchilardan bo’lib ro’yxatga olindi.

Mavzuga doir:
Rossiya va Qozog’iston rahbarlari vaksina ishlab chiqarishni muhokama qilishdi
Turkiya “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishni tashkillashtirishga qiziqish bildirmoqda