Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatidagi O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lgan Davlat daromadlari boshqarmasi(DDB) “Qoplonbek“ bojxona postining yetakchi mutaxassisi pora olishda ayblanib sudlandi. Bu haqida “zakon.kz” xabar bermoqda, deb yozadi “Sof” nashri.

Foto: Sof.uz

Turkiston viloyati korrupsiyaga qarshi kurash xizmati tomonidan bojxona postining yetakchi mutaxassisi Jilqibayevning pora olish fakti bo‘yicha sudgacha bo‘lgan tergovni yakunlagan va u tadbirkor Shintayevadan bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan iste’mol tovarlarini to‘siqsiz olib o‘tishi uchun $125 miqdorida pora olganlikda gumon qilingan.

27 fevral kuni Sariag‘ash tuman sudining hukmi bilan Jilqiboyev 1,5 million tenga ($3750) miqdorida jarimaga tortildi.

Shu bilan birga, sudlanuvchi umr bo‘yi davlat xizmatida lavozimni egallash huquqidan mahrum etildi.