“O‘zbekiston Respublikasida badminton sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (143-son, 11.03.2020 y.) qabul qilindi.

Foto: Expo Veneto

Qaror bilan O‘zbekistonda badminton sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Dasturning asosiy yo‘nalishlaridan biri mazkur sport turi bilan shug‘ullanuvchilar uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu yo‘nalishda davlat-xususiy sheriklik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirishdir.

Qarorga muvofiq, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida 2020 yildan boshlab badminton sport turi uchun 3 oylik qayta tayyorlash kurslari tashkil etiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriatiga 2020/2021 o‘quv yili uchun qabul parametrlarini taqsimlashda badminton sport turi uchun kvotalar oshiriladi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Universitetda badminton sport turi uchun kafedra tashkil qilinadi.