Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norovning telegram kanali bu haqida yozmoqda.

Foto: Korrespondent

Aksariyat fuqarolar tomonidan xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirilmaganligini inobatga olib, 2020 yil 12 – 17 mart kunlari, maxsus test imtihoniga kirish uchun 24 AQSh dollari (Markaziy bankning rasmiy kursi bo‘yicha so‘mda) miqdorida to‘lovni amalga oshirgan fuqarolar onlayn ro‘yxatdan fuqarolik pasporti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligini ma’lum qilamiz (xorijga chiqish pasporti mavjud fuqarolar bundan mustasno).

Kelajakda koreys tili bo‘yicha test imtihonlarida qatnashish istagi bo‘lgan fuqarolardan xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish so‘raladi.

Maxsus test imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan, ammo xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirmagan fuqarolar tanlovlar bazasiga kiritilmasligini ma’lum qilamiz.

Maxsus test imtihoniga kirish uchun to‘lovni amalga oshirmagan yoki onlayn ro‘yxatdan o‘rnatilgan tartibda o‘tmagan fuqarolar maxsus test imtihoniga qo‘yilmaydi!

Test imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tish Janubiy Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni kafolatlamasligini eslatib o‘tamiz!

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish “www.korea.migration.uz” internet manzili orqali amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish 17 mart kuni soat 24:00 da to‘xtatiladi, deyiladi ma’lumotda.