Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kasalxonada davolanmoqda. Bu haqda prezident administratsiyasidagi manbasiga tayanib, Sputnik xabar bermoqda.

Foto: RIA Novosti

“U aloqa vositalari bilan jihozlangan kasalxonadagi maxsus xonada davolanmoqda”, – deyiladi xabarda.

Avvalroq Zelenskiy va uning idorasi rahbari Andrey Yermak koronavirus bilan kasallanganligi ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir:
Zelenskiy An-26’ga o’xshash samolyotlarda parvozlarni to’xtatishni buyurdi
Ukrainada ham koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi