Eron Islom Respublikasida yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlar soni 10 mingdan oshdi, 429 o’lim qayd etildi. Bunday ma’lumotni payshanba kuni Sog’liqni saqlash va tibbiy ta’lim vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig’i Kiyanush Jahanpur keltirdi.

Foto: Google

“Kuniga mamlakatda 1075 ta yangi koronavirus holati qayd etildi. Umumiy sonlar 10,075 ta”, deya uning so’zlarini keltiradi “ISNA“. Uning qo‘shimcha qilishicha, 429 kishi vafot etgan. Avvalroq 9 ming bemor va 354 kishi o’lgani haqida xabar berilgan aytiladi.

Eron Sog’liqni saqlash vazirligi 19 fevral kuni mamlakatda koronavirus infeksiyasining birinchi holatlari haqida xabar bergan edi. Kasallik Qum viloyatida yuqtirilganligi aniqlandi. Virusning tarqalishi sababli, Eronning barcha maktablari mart oyining oxirigacha yopildi, ko’plab davlatlar Islom respublikasi bilan aloqani cheklashdi. Infeksion holatlari mamlakatning barcha viloyatlarida qayd etilgan.