“O‘zbekiston Respublikasi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (705-son, 10.11.2020 y.) qabul qilindi.

Foto: Dunyo

Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Qaror bilan bojxona chegarasi orqali ipak chiqindilari va xom ipakning olib chiqilishini monitoring qilish tartibi belgilandi.

Mavzuga doir:
“Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi
Davlat arxivlari o’quv zallarida hujjatlar bilan ishlash tartibi belgilandi
O’rmon xo’jaligi texnikumi tashkil etiladi

Unga ko‘ra, eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan eksport kontraktlari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan 2 ish kunida Prezident va Hukumat qarorlarida belgilangan hajmlarga muvofiqligi bo‘yicha monitoringdan o‘tkaziladi.

Mazkur tartib 2021-yil 1-fevraldan boshlab amalga kiritiladi.