Ijtimoiy tarmoqlarda shu yil AQShda prezident saylovlarida g‘alaba qozonishga yaqin turgan Jo Baydenning 1979-yilda Sobiq Ittifoqqa tashrifi chog‘ida bergan intervyusi tasvirga olingan video paydo bo‘ldi.

Foto: RIA Novosti

Ushbu videolavhani Rossiya davlat teleradio jamg‘armasi YouTube-kanaliga joyladi.

O‘shanda u Bayden va xalqaro masalalar bo‘yicha parlament qo‘mitasining yana olti nafar senatori Moskvaga strategik qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi bitimni (OSV-2) amalga oshirish bo‘yicha “soatni to‘g‘rilash” uchun tashrif buyurgan.

“Rahbarlaringiz hamkorlikka moyil, bizga ko‘p vaqt ajratishdi, tez ortga qaytayotganimizdan afsusdamiz. Sovet-Amerika aloqalarining istiqboli yaxshi!” — degan sovet jurnalistiga bergan intervyusida 36 yoshli demokrat.

Shu yil iyul oyida Baydenning Sobiq Ittifoqqa birinchi tashrifi to‘g‘risida dalil chiqqan. “Pravda” gazetasining 1979-yil 27-avgustdagi sonida Siyosatchi ilk bor Sobiq Ittifoqqa 1979-yilda kelgani haqida maqola chop etilgan.

Ma’lumot uchun, 20-noyabr kuni Jo Bayden 78 yoshni qarshilaydi.

Mavzuga doir:
Pompeo Baydenni g’alaba bilan tabriklayotgan chet el rahbarlariga murojaat qildi
Estoniya vaziri AQShning yangi saylangan prezidentini korrupsiyada aybladi

Eslatib o’tamiz, AQShda 3-noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo’lib o’tdi. Bir qator shtatlarda ovoz berish natijalari hanuzgacha noma’lum. Tramp g’olibligini e’lon qildi va demokratlarni “saylovlarni o’g’irlashga” urinishda ayblab kelmoqda.

Amaldagi prezidentning saylovoldi shtabi qayta hisoblashni talab qilmoqchi. Shu bilan birga, Amerikaning yetakchi telekanallarining hisob-kitoblariga ko’ra, Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden yetakchi o’rinni egallab turibdi, u ham saylovda g’olib chiqqanligini e’lon qilgan.

Qonunga ko’ra saylangan prezident 2021-yil 20-yanvarda ish boshlashi kerak.