Qozogʻistonda Ulugʻ Vatan urushida qozonilgan Buyuk Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan harbiy parad koronavirus tufayli bekor qilindi, deb xabar qildi prezident matbuot-kotibi Berik Uali. Bu haqida “Sputnik” yozmoqda.

Foto: Sputnik

“Koronavirusning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlari doirasida prezident Kasim-Jomart Tokayev Navruz, shuningdek, Qozogʻiston poytaxtida oʻtkaziladigan, Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan harbiy paradni bekor qilish qarorini qabul qildi. Davlat rahbari sal oldinroq rejalashtirilgan xalqaro forumlarni ham kechiktirishni buyurdi”, – degan Berik Uali.

Prezident kichik va oʻrta biznes korxonalari oʻz ishini davom ettirishi lozimligini, cheklov choralari ular faoliyatiga zarar yetkazishi kerak emasligini alohida taʼkidlagan.

Yirik korxonalar ham uzilishlarsiz ishlarini davom ettiradi.

Qozogʻistonda koronavirus infektsiyasi yuqtirish holati qayd etilmagan.

Ommaviy tadbirlar oʻtkazilishi yuzasidan cheklov choralari epidemiologik xavf mavjud vaqtga qadar olib tashlanmasligi xabar qilinmoqda.