Gvineya ko‘rfazida bugun qaroqchilar Marshall orollari bayrog‘i ostida suzib yurgan JANE suyuq kimyoviy moddalar tashuvchi kemaga hujum qilishdi. Bu haqda Dryad Global xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Qaroqchilar Beninning Kotonu portidan janubi-sharq tomon 70 dengiz mili masofada ochiq dengizda suzib borayotgan kemani egallab olishga urinmoqdalar. Ekipaj a’zolari soni va uning a’zolari fuqaroligi hali e’lon qilinmagan.

Bu Gvineya ko‘rfazida so‘nggi olti kun ichida kemalarga uyushtirilgan oltinchi qaroqchi hujumidir.

Bugungi kunda Gvineya ko‘rfazi dunyodagi eng xavfli havzalardan biri hisoblanadi. Xalqaro dengiz byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning to‘qqiz oyida qaroqchilar Gvineya ko‘rfazida 80 dengizchini asirga olishgan, bu dengizda o‘g‘irlangan odamlarning 95 foizini tashkil etadi.

Mavzuga doir:
Dengiz qaroqchilari yana bir nechta kemalarga hujum qilishdi