Qirg’izistonda O’shga noqonuniy ravishda kelib, fohishalik bilan shug’ullangan O’zbekiston fuqarosi hibsga olindi. Bu haqda mamlakatning Ichki ishlar boshqarmasiga tayanib Kaktus media xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Qayd etilishicha, O’sh Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Qirg’izistonning davlat chegarasini noqonuniy kesib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Farg’ona viloyatining ikki nafar fuqarosi, 1994-yilda tug’ilgan M.A va 1999-yilda tug’ilgan M.M. lar qo’lga olingan.

Gumon qilinuvchining so’zlariga ko’ra, 2020-yil oktabr oyida moliyaviy muammolar tufayli u Qirg’izistonga kelishga qaror qilgan va o’z yigiti bilan birgalikda davlat chegarasini noqonuniy kesib o’tishgan.

“Qiz Qirg’izistonga fohishalik bilan shug’ullanish uchun kelganini inkor etmadi va sevgilisi u bilan O’shda yashagan”, – deyiladi Ichki ishlar boshqarmasi xabarida.

Qo’shimcha qilinishicha, davlat chegaralarini noqonuniy kesib o’tish bo’yicha ish materiallari Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasi xodimlariga o’tkazilgan.

Mavzuga doir:
Qirg‘iziston xalqaro to‘lov tizimidan uzildi
Qirg’izistondagi tartibsizliklar paytida jarohat olganlar soni mingdan oshdi