Ispaniyalik shifokorlar immunitet tizimi ishlashini qoʻllab-quvvatlaydigan mahsulotlarni sanab oʻtdilar, deb xabar qildi “La Vanguardia“.

Foto: Google

Roʻyxat boshida bakteriya, virus va teri kasalliklaridan himoya qiladigan –  sarimsoq keltirilgan. Undan keyin vitaminlarga boy bodom va nafas olish yoʻllari himoyalovchi chernika sanab oʻtilgan.

Bundan tashqari, shifokorlar tovuq yoki kurka shoʻrvasini ratsionga qoʻshishni tavsiya qilishdi. Bundan keyin roʻyxatda beta-karotinga boy shirin kartoshka va brokkoli oʻrin olgan. Shuningdek, qoʻziqorin, qora shokolad, tsitrus mevalari, anor, kivi, papayya, ismaloq, bugʻdoy novdasi, mollyuska va ustritsa ham kiritilgan.

Shifokorlar immunitetni mustahkamlaydigan ziravorlar orasida zanjabil va kurkuma, ichimliklardan esa – yashil choy va kefir deb aytdilar.