Oʻzbekiston Energetika vazirligi monitoring maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda elektr energiyasidagi uzilishlar soni va davomiyligi 2019-yilga nisbatan ikki baravar kamayganini maʼlum qildi.

Foto: Google

Maʼlum qilinishicha, elektr taʼminoti barqarorligiga taʼsir qiluvchi asosiy omillardan biri bu mavjud elektr stansiyalari va elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishdir.

Vazirlik mamlakatda mavjud elektr stansiyalarining joriy quvvati aholi va iqtisodiyotga, jumladan, kuz-qish davrida elektr energiyasiga boʻlgan talabni toʻliq qondirish imkonini berishini taʼkidlagan.

“Xususan, isteʼmolning eng yuqori yuklama (pik) paytida, ayniqsa sovuq va issiq mavsumda sodir boʻladigan elektr energiyasidagi uzilishlarga kelsak, bu, odatda, eskirgan elektr stansiyalari bilan bogʻliq holat boʻlib, bunda mamlakat elektr energiyasi katta miqdordagi ixtisoslashtirilgan uskunalar bilan taʼminlanadi, modernizatsiya qilinadi va agar kerak boʻlsa, ularni almashtirishda kerak boʻlgan moliyaviy va boshqa zarur resurslarni ajratish bilan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi”, – deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda foydalanilayotgan energoqurilmalarning 50 foizigacha 30-40 yil davomida faoliyat koʻrsatadi. Ularning jismonan va maʼnan eskirishi ushbu energobloklarning ishdan chiqishiga olib keladi. bu esa elektr stansiyalarining ayrim energobloklarida uzilishlar yuz berishiga olib keladi.

Odatda ularni taʼmirlash uchun 3-5 soat vaqt ketadi. Ushbu holatlar qisqa muddatli elektr uzilishlarining sabablari hisoblanadi.

Mavzuga doir:
Energetika loyihalari bilan bog‘liq auksion savdolar reglamenti tasdiqlandi
“Rosatom” rahbari Oʻzbekistonga safar qiladi

Vazirlik elektr stansiyalari va elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish boʻyicha ishlar har kuni davom ettirilayotganini maʼlum qilgan.

Eelektr taʼminotidagi uzilishlar soni va davomiyligi boʻyicha alohida monitoring oʻrnatilgan, bu esa elektr taʼminotidagi muammoli joylarni topishga va ularni bartaraf qilishga imkon beradi.