Tojikistonda 12 martga oʻtar kechasi zilzila yuz berdi. Zilzila epimarkazi Dushanbedan 82 km uzoqlikda joylashgan, deb xabar qildi “Sputnik”.

Foto: Google

Tojikiston Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qoʻmitasida maʼlum qilinishicha, zilzila kuchi Rogʻun yaqinida, 11 martdan 12 martga oʻtar kecha, mahalliy vaqt bilan soat 22:11 da sezildi.

Seysmologlarning maʼlumotlariga koʻra, Rogʻundan 8 kilometr yaqinida zilzila yuz bergan. Zilzila epimarkazida 3 ball va Rogʻun shahrida 2 – 3 ball boʻlgan.

Talofat yoki jabrlanganlar haqida maʼlumot kelib tushmadi.