Yaponiya hukumati 2021-yilgi Tokio Olimpiadasiga kelgan chet ellik tomoshabinlarini ikki haftalik karantin zarurligidan ozod qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi Kyodo News.

Foto: RIA Novosti

Yaponiya hukumati chet ellik tomoshabinlarning mamlakatga kirishi uchun majburiy shart-sharoitlar yaratishni ham rejalashtirmoqda.

Shu asosda mamlakatga xorijiy fuqarolar kelguniga qadar o‘tkazilgan koronavirus tekshiruvlarining manfiy natijalari to‘g‘risidagi bir nechta sertifikatlarga ega bo‘lish zarur. Kelgandan keyin chet elliklar mahalliy hokimiyat nazorati ostida bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Tokio Olimpiadasi 2020-yili 24-iyuldan 9-avgustgacha o‘tkazilishi kerak edi. Pandemiya sababli musobaqa bir yilga qoldirildi va 2021-yilning 23-iyuldan 8 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. “Tokio-2020” o‘yinlarining nomi ham saqlanib qoldi.

Mavzuga doir:
Tokio Olimpiadasining mash’ala estafetasi kelasi yil 25-martda start oladi