Turkiyada bir kecha-kunduzda qayd etilgan koronavirusga chalinganlar soni 2529 kishini tashkil etdi, 87 nafar bemor vafot etdi — bu aprelning oxiridan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Foto: Sputnik

Avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja koronavirus pandemiyasi Turkiyada ikkinchi cho‘qqisiga yetganini ma’lum qilgan.

Oldingi kunlari mamlakatda so‘nggi olti oy ichida bir kecha-kunduzda kasallanganlar soni bir necha marta eng yuqori ko‘rsatkichga yetgani qayd etildi.

“Bugun 2529 ta yangi COVID-19 holati aniqlanib, jami kasallanganlar soni 399 360 kishiga yetdi. 87 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi, jami vafot etganlar soni — 11 059. 3001 ta bemor og‘ir ahvolda qolmoqda. Bugun 2215 nafar bemor tuzalib, jami 342 501 kishi kasallikdan forig‘ bo‘ldi”, — deyiladi sog‘liqni saqlash vaziri xabarida.

Mavzuga doir:
Turkiya Ozarbayjonni har qanday sohada qo’llab-quvvatlashga tayyorligini aytdi