Joriy yilning 10 fevral kuni “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev tizimda ishlayotgan yoshlar bilan uchrashib, yoshlarning ishlab chiqarish obyektlariga borishlari va u yerdagi holat bilan tanishishlari borasida taklif bildirgan edi, deya xabar bermoqda “O‘zbekneftgaz”.

Foto: “O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmati

Shunga asosan tarmoq korxonalarida faoliyat yuritayotgan faol yoshlar quyi bug‘in korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Ustyurt neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo‘lishdi.

Tashrifning dastlabki kunida yosh mutaxassislar va OAV xodimlari Ustyurt neft-gaz qazib chiqarish korxonasiga tegishli bir nechta obyektda bo‘lishdi hamda u yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

Hozirgi kunda Ustyurt neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli quyidagi 6 ta “Inam”, “Beskala”, “Arslon”, “Dali”, “Shimoliy Berdaq”, “Sharqiy Berdaq” konlaridan gaz hamda gaz kondensati qazib chiqarilmoqda