“Optimal job for you” xususiy bandlik agentligiga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatildi, deya xabar bermoqda Mehnat vazirligi.

Foto: Mehnat vazirligi matbuot xizmati

“Optimal job for you xususiy bandlik agentligi” MChJ xodimlari fuqarolarni Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilgan, biroq shartnoma shartlarini bajarmagan.

Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentabrdagi Qarori asosida tasdiqlangan «O‘zbekiston Respbulikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomining» 45-bandiga muvofiq, “Optimal job for you xususiy bandlik agentligii” MChJ litsenziyasining amal qilishini 10 ish kuni muddatiga to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

10 kun davomida “Optimal job for you xususiy bandlik agentligi” MChJ tomonidan Nizomning 46-bandiga binoan keltirilgan holatlarni ijobiy hal qilish talab qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Koreya Respublikasidagi vaqtinchalik mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish ikki davlat Mehnat vazirligi tomonidan imzolangan Anglashuv memorandumi asosida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, “Ye9” viza bilan fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga joylashtirish vakolati faqat Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi zimmasiga yuklatilgan. Koreya Respublikasida ishga joylashtirish xususiy bandlik agentliklari vakolatiga kirmaydi.