Hukumat qarori bilan (701-son, 09.11.2020 y.) 2021/2022 o‘quv yilidan Toshkent tumani o‘rmon xo‘jaligi kolleji negizida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi O‘rmon xo‘jaligi texnikumi tashkil etiladi.

Foto: O’zA

Texnikum respublikadagi o‘rmonchilik sohasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayanch o‘rta maxsus professional ta’lim muassasasi hisoblanadi.

O‘rmon xo‘jaligi va uning tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashning uzluksizligi va uzviyligi asosida kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim bosqichlarida oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bilan integratsiyalashgan dasturlar asosida kadrlar tayyorlash Texnikumning asosiy vazifalaridan biridir.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi har yili 15-yanvarga qadar o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha qabul parametrlariga takliflarni kasblar va mutaxassisliklar hamda hududlar bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etib boradi.

Mavzuga doir:
Zominda 7 mingga yaqin ishsiz fuqarolar bandligi ta’minlanadi
Turizm sohasidagi tadbirkorlar xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi
Elektr energiyasini hisoblash yangicha prinsipda amalga oshiriladi
“Faxriy fuqaro”larni ro‘yxatga olganlik uchun davlat boji undirilmaydi