Aktyor Tom Xenks o’g’li Chet Instagram’da otasi va onasining koronavirus bilan kasallanganligini izohladi.

Foto: Google

Uning ta’kidlashicha, uning ota-onasida kasallikning kuchli belgilari yo’q.

“Ular tashvishlanayotganlari yo’q, ammo barcha zarur tibbiy muolajalarni o’taydilar. Menimcha, tashvishlanadigan narsaham emas”, deydi Chet Xenks o’z sahifasida.

Avvalroq, amerikalik aktyor Tom Xenks u va uning rafiqasi Rita Uilson bilan Avstraliyaga safari chog’ida koronavirus bilan kasallanganligi haqida xabar berilgan edi.