Endilikda Davlat xizmatlari markazlaridan taqdim etilayotgan maktabgacha ta’lim muassasalariga yo‘llanmalar birvarakayiga ikki tilda beriladi. Bu haqida DXA axborot xizmati ma’lum qildi, deya yozmoqda Adliya vaziri matbuot kotibi.

maktabgacha ta'lim bolalar bog`chasi bogcha
Foto: ABT

Bog‘cha yo‘llanmalarning faqat bir tilda — rus tilida berilishi bo‘yicha mavzu ko’p joylarda muhokamaga sabab bo’lgan edi.

Shundan so‘ng, yo‘llanmalar bazasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan o‘zgartirilib, o‘zbek va rus tillarida taqdim etish yo‘lga qo‘yildi.

Bu o‘zgarishni o‘zbek tiliga munosabatning amaliy natijasi sifatida e’tirof etish joiz. Biroq til masalasida hali qilinadigan ishlar ko‘p. Bunda davlat idoralarining bari, keng jamoatchilik birday ter to‘kishi kerak bo‘ladi, deyiladi xabarda.