Hukumat qarori bilan (698-son, 09.11.2020 y.) 2020-2022 yillarda Jizzax viloyatining Zomin tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholi, xususan xotin-qizlar, yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolar bandligini ta’minlash orqali ularning daromadlarini va turmush darajasini oshirish belgilandi.

Tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida jami 291 ta loyihaning amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Jumladan, sanoat, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi sohalarida 98 ta investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, bu orqali 3 269 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zlangan.

Tumanda 3 ta umumta’lim maktabi, Dashtobod shahrida 360 o‘rinli bolalar va o‘smirlar sport maktabi quriladi.

Mavzuga doir:
Zominda Turk kompaniyalari ishtirokida sayyohlik majmuasi yaratiladi
Zominda tibbiy qo‘lqop ishlab chiqariladi

Tumandagi moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar ro‘yxatiga kiritilgan 395 nafar ishsiz aholining bandligini ta’minlash belgilangan.

Bundan tashqari, tuman bo‘yicha jami 6 848 nafar (2020-yilda – 1 370, 2021 yilda – 5478) ishsiz fuqarolar bandligi ta’minlanadi.