Prezident Farmoniga (PF–6108-son, 06.11.2020 y.) muvofiq, 2021-yil 1-martga qadar malakali pedagog, ilmiy xodimlar, psixolog va xorijiy ekspertlarni (shu jumladan, Finlyandiyaning malakali mutaxassislarini) jalb qilgan holda Milliy o‘quv dasturi (Dastur) ishlab chiqiladi.

Foto: Dunyo

Tayanch umumta’lim muassasalari belgilanadi va 2021/2022 o‘quv yilida ularning ta’lim jarayoniga Dastur tajriba-sinov tariqasida joriy qilinadi.

2021-yil 1-martdan pedagog kadrlar tayyorlaydigan OTM hamda litsenziyaga ega nodavlat ta’lim tashkilotlari xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

Mavzuga doir:
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga doir prezident Farmoni loyihasi tayyorlandi
Majburiy to‘lovlarni onlayn rejimda to‘lash imkoniyati yaratiladi
Rasman: Shuhrat G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

2021-yil 1-sentabrdan:

  • maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari davlat ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifasini berish bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytidagi maxsus portal orqali amalga oshiriladi;
  • pedagog xodimlarga barcha malaka toifalarini berish soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilib, bu bo‘yicha navbatdagi attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi, navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun 223 ming so‘m miqdorida yig‘im undiriladi.

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari pedagoglariga 2020 yil 1 noyabrdan boshlab sinf (guruh) rahbarligi uchun qo‘shimcha to‘lovlar 1,5 baravarga oshiriladi.