3-noyabr kuni Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi hamda viloyat IIB JQB Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Foto: RIA Novosti

Tadbir davomida 1966-yilda tug‘ilgan H. tanishi S. ismli fuqaroning jiyanini Avtomobil yo‘llari kollejiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, undan 400 AQSh dollari miqdoridagi pulni olayotgan vaqtida ushlangan.

Pora sifatida berilgan pul esa ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:
Farg‘onada fuqaro tilla uzuk olaman deb 500 dollarga chuv tushdi
Sirdaryoda fuqaro YHXB xodimiga $50 pora bergan vaqtida ushlandi
“Samosud”: Navoiyda fermer ishchisini kaltaklab, daraxtga bog‘lab ketdi
Qidiruvda bo’lgan meksikalik modelning jasadi oltita murda bilan bitta qabrdan topildi