Rossiyalik parhezshunos Lidiya Ionovaning fikricha, sut mahsulotlari ichida eng foydalisi yogurt hisoblanadi. Bu mahsulot eng foydali deb atadi. Bu mahsulot tarkida tez hazm bo‘ladigan protein, kalsiy va foydali bakteriyalar ko‘p. Bundan tashqari, yogurtni barcha iste’mol qilishi mumkin. U deyarli zid ta’sirga ega emas.

Foto: Google

Mutaxassis qatiqni eng foydali ikkinchi sut mahsuloti deb hisoblagan. Ammo, surunkali gastrit, oshqozon yarasi va boshqa oshqozon muammolari bilan og‘rigan insonlarga ushbu mahsulot tavsiya qilinmasligini unutmaslik kerak. Aks xolda bir piyola qattiq iste’molidan so‘ng ularda ko‘ngli aynishi kuzatilishi mumkin. Qatiqli parhezda holdan toyish va oshqozonda noqulayliklar kuzatiladi. Shuning uchun uni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilish lozim.

Keyingi o‘rinlarda ayron va nordon bo‘lmagan qatiq (prostokvasha) joy olgan. Birinchi mahsulotda tuz mavjud bo‘lgani uchun, qon bosimi yuqori insonlarga tavsiya etilmaydi, ikkinchisida esa foydali bakteriyalar ko‘p emas.

So‘ngi o‘rinda uzoq qaynagan sutdan tayyorlangan qatiq (ryajenka). Sutga termo qayta ishlov berish natijasida unda glikasiya hosil bo‘ladi. Bu esa erta qarish va Alsgeymer kassaligini rivojlantirishi mumkin.