Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovning ta’kidlashicha, Apple Belorussiyada uchta kanalni bloklashni so’ragan, kanal obunachilarining umumiy soni esa 100 mingga yaqin. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

“Ular huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va targ’ibotchilaridan shaxsiy ma’lumotlarning chiqarilishi mumkinligidan xavotirda“, – deb yozgan Durov o’z kanalida.

Durovning ta’kidlashicha, u kanallarni saqlashni afzal ko’rgan bo’lar edi, ammo Apple odatda “bunday vaziyatlarda Telegram kabi ilovalar uchun juda ko’p tanlov taklif etmaydi”.

Afsuski, mening taxminimcha, bu kanallar oxir-oqibat iOS’da bloklanadi, ammo boshqa platformalarda qolaveradi“, – deya ta’kidlagan u.

Mavzuga doir:
Telegram yangi funksiyaga ega bo’ldi
Telegram’da uzilish kuzatildi