Toshkent viloyatida joriy yilning o‘tgan ikki oyi mobaynida 98 ta yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan bo‘lsa, ularning 50 tasida piyodalar ishtirok etishgan, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ushbu raqamlarni hisobga olib, Toshkent viloyati hokimining farmoyishiga binoan viloyat hududida 1 martdan 31 martga qadar «Piyodalar harakat xavfsizligi oyligi» o‘tkazilmoqda. Bu tadbirda asosiy e’tibor qoidabuzar piyodalarga qaratilmoqda. Tadbirning o‘tgan 10 kuni mobaynida 2454 ta qoidabuzar piyodalarga tegishli choralar ko‘rilgan.

Har bir piyoda tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlik yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 138-moddasiga ko‘ra ma’muriy bayonnomalar rasmirlashtirilishi davom etadi.