Shu yil oktabr oyida “Jizzax avto” MChJ “Volkswagen” konserniga tegishli Škoda brendini taqdim etadi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Uznews

Škoda Kodiaq ikki xil komplektatsiyada taqdim etiladi: besh o‘rindiqli Ambition va yetti o‘rindiqli Style.

Mahalliy bozor uchun ushbu model sig‘imi 2,0 litrlik, quvvati 180 ot kuchiga ega bo‘lgan turbo dvigatel, yetti bosqichli robotlashtirilgan, eng so‘nggi avlod DSG qutisi, to‘liq uzatma va panorama lyuk bilan taqdim etiladi.

“Škoda’ning debyut modeli xavfsizlik sohasida ekspertlarning maksimal bahosini olgan: European New Car Assessment Programme mustaqil sinovlar natijalariga ko‘ra, ushbu yo‘ltanlamasga eng yuqori reyting – besh yulduz berilgan”, – deb qayd etgan “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari Sardor Tojiyev.

Ma’lum qilinishicha, dastlabki avtomobillarning yetkazib berilishi joriy yilning noyabr oyida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o’tamiz, “O‘zbekiston Respublikasida “Volkswagen” yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori (25.06.2020 y.) qabul qilingan edi.

Mavzuga doir:
Jizzaxdagi ayanchli YTH ikki kishining umriga zomin bo‘ldi
Jizzaxda “simob”ni $17 500 ga pullayotgan shaxs ushlandi
Jizzaxda 2022-yilda marmar goʻsht yetishtirila boshlanadi

Avvalroq, Jizzax erkin iqtisodiyot zonasidagi ADM-Jizzakh zavodi noyabr oyidan boshlab eng yangi modellardan bo‘lgan — KIA Seltos va KIA K5 avtomobillarining narxi ma’lum qilingandi.