Armaniston Janubiy Kavkazortida keng miqyosli mojaro zonasini yaratmoqchi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo’g’an Qatar gazetasiga bergan intervyusida.

Foto: RIA Novosti

Turk millatiga qarshi har qanday fursatda tajovuz va dushmanlik ko’rsatadigan Armaniston mintaqada tinchlik, barqarorlik va osoyishtalik yo’lidagi eng katta to’siqdir. Armanistonning chet ellarni egallashga bo’lgan so’nggi urinishi og’ir mag’lubiyatdan so’ng turli xil hiyla-nayranglar bilan Turkiyani ziddiyatda ayblashga urinishi uning umidsizligidan dalolat beradi. Armanistonning bu xatti-harakatlari uning mintaqada keng miqyosli ziddiyatlar zonasini yaratmoqchi ekanligini isbotlaydi“, – deb aytgan Erdo’g’an.

Uning ta’kidlashicha, xalqaro hamjamiyat ko’p yillar davomida Qorabog’ mojarosi bilan bog’liq bo’lgan ikki tomonlama standartlardan voz kechishi kerak.

Bir oz vaqt oldin Armaniston Ozarbayjonning Qorabog’dagi aholi punktlarini o’qqa tutayotgani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, arman qurolli kuchlari tomonidan Qorabog’dagi aloqa liniyasidagi Geranboy, Terter va Agdam viloyatlari qishloqlari o’qqa tutilgani ham aytilgandi.

Eslatib o’tamiz, 27-sentabr kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston harbiylari Qorabog’dagi aloqa chizig’idagi aholi punktlarini o’qqa tutganini e’lon qildi. Ular orasida halok bo’lgan tinch aholi borligi aytilgan.

Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi vaziyat yana keskinlashdi, ikki tomonga ham artilleriya qurilmalarida o‘q uzilmoqda, ikki tomon ham birini-birini vaziyatni keskinlashtirishda ayblamoqda.

Ushbu mojaro avjlanib ketishi ortidan Putin, Tramp va Makron Qorabog’ bo’yicha bayonot qabul qilishgani xabar berilgandi. Turkiya rahbari ham ushbu holatda jangni tugatish uchun yagona yechimni aytdi.