Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo’mart To’qayev respublikada ommaviy tadbirlar koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun bekor qilinayotganini aytdi.

Google

“Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirus pandemiyasini e’lon qildi. Hukumat maxsus profilaktika choralarini ko’rmoqda. Ommaviy tadbirlar bekor qilinmoqda. Fuqarolarga oziq-ovqat va zarur tovarlar yetkazib berishda hech qanday uzilishlar bo’lmaydi. Kichik va o’rta biznesga zarar yetkazilishining oldini olish juda muhim”, deb yozadi u bu haqida payshanba kuni Twitterdagi sahifasida.

Uning so’zlariga ko’ra, mamlakat uchun ustuvor yo’nalish fuqarolarning sog’lig’ini himoya qilishdir.