Avval xabar berganimizdek, Rossiya harbiylari “Tsirkon” gipertovushli qanotlik raketani sinovdan oʻtkazishdi.

Foto: Lenta

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, raketa uchirish joyidan 450 kilometr uzoqlikda Barents dengizida joylashgan nishonni muvaffaqiyatli yakson qildi.

“Tsirkon” soniyasiga 1,6 kilometr, yoki soatiga 5,7 ming kilometr tezlikda harakat qilgan. Parvozning maksimal balandligi 28 kilometr, vaqt esa 4,5 daqiqani tashkil etgan.

Gipertovushli qanotli raketaning sinovlari yakunlanmoqda, 2020-yil oxiri 2021-yil boshiga qadar qabul qilinadi. Birinchi bosqichda ular Rossiya harbiy dengiz flotining suvosti kemalari bilan jihozlanadi.

Mavzuga doir:
Xitoyni “Kuaychjou” raketasining birinchi parvozi “o’xshamadi”
“U shu qadar tez uchib ketadiki” – Tramp yangi ixtiro qilinayotgan raketa haqida