Qirg’iziston Vazirlar Mahkamasi davlat idoralariga odatdagidek ishlashni va ish joylarini tark etmaslikni buyurdi, deb xabar berdi RIA Novostiga hukumat matbuot xizmati.

Foto: Kabar KG

Kecha bir qator dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun hukumat apparati tarkibiy bo’linmalari rahbarlari bilan uchrashuv bo’lib o’tgan.

“Barcha tegishli davlat idoralariga belgilangan tartibda ish olib borish va ish joylarini tark etmaslik bo’yicha ko’rsatma berildi”, – degan vakil.

Unga ko’ra, yig’ilishning asosiy masalalaridan biri 2021-yilda tashqi qarzlar bo’yicha to’lovlarning eng yuqori cho’qqisini va uni qayta qurish bo’yicha olib borilayotgan ishlarni hisobga olgan holda respublika budjetining ijrosi bo’lgan.

“Barcha qiyinchiliklarga qaramay, davlat organlari ilgari qabul qilingan barcha ijtimoiy majburiyatlarni bajarishda davom etadilar”, – deyiladi xabarga qo’shimcha qilinib.

Mavzuga doir:
Qirgʻizistonda Jeenbekovga nisbatan impichment jarayoni boshlandi
Qirg’izistondagi tartibsizliklar paytida jarohat olganlar soni mingdan oshdi

Eslatib o‘tamiz, 5-oktabr kuni parlament saylovlarida 7 foiz to‘siqdan o‘tolmagan partiyalar tarafdorlari Bishkekda norozilik namoyishini boshlagandi. Ovoz berishda qatnashgan 16 partiyadan atigi to‘rtta partiya parlamentga saylandi. Namoyishchilar qayta ovoz berishni talab qilmoqda.

Namoyishchilar avvalo mamlakat parlamenti binosi – Oq uyni egalladi. Bu binoda Prezident Administratsiyasi ham joylashgan. 6-oktabr ertalab Hukumat binosi ham namoyishchilar qo‘liga o‘tgani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, aksiya ishtirokchilari Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosiga bostirib kirib, u yerda saqlanayotgan sobiq Prezident Almazbek Atamboyevni ozod qildi. Shuningdek, siyosiy mahbuslardan sobiq Bosh vazir Sapar Isakov ham qamoqdan chiqarildi.