2020/2021 o‘quv yiliga respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlari natijalari tegishli oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi. Bu haqda Ta`lim xabarlari ma’lum qildi.

Foto: uForum

Respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassilsiklariga abituriyent sifatida hujjat topshirib, kirish imtihonlarida (onlayn test sinovlarida) ishtirok etgan abituriyentlar o‘zlarining natijalari bilan tegishli oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-sayti orqali joriy yilning 7-oktyabr kuni soat 17:00 dan boshlab tanishishlari mumkin.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlardan tegishli oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishlari so‘ralgan.

Mavzuga doir:
DTM harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar ishi bo’yicha bayonot berdi
Ijodiy imtihon natijalari oliy ta’lim muassasalari saytida e’lon qilindi