16 martdan Yaponiyaning Kurabo Industries kompaniyasi 15 daqiqada odamlarda koronavirus bor yoki yo’qligini aniqlash uchun tezkor testlarni sotishni boshlaydi. Bu haqida payshanba kuni kompaniya saytida xabar berildi.

Foto: RBC

Unda harakatlar printsipi qon plazmasining maxsus reaktivlarga ta’siriga asoslangan. Ushbu usul hozirgi kunda keng tarqalgan polimeraz zanjirli reaksiya (PCR) usuliga qaraganda ancha sodda va tezroq deyilmoqda.

Bir to’plamning narxi taxminan 250 dollarni tashkil qiladi. Sinovlarning asosiy xaridorlari tibbiy laboratoriyalar va ilmiy markazlar bo’lishi kerak, deyiladi xabarda.

Hozir Yaponiyada 1,3 mingdan ortiq infeksiya holatlari qayd etilgan, 22 kishi vafot etgan.