Surxondaryo viloyatida yer maydonini turar joy sifatida rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan kadastr xodimi ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti axborot xizmati.

Foto: Sputnik

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Surxondaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda viloyat yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi Jarqo‘rg‘on tumani filiali mutaxassisi E.I fuqaro G.X ga tegishli bo‘lgan 12 sotix yer maydonini turar joy sifatida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 4 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.Iga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:
Shahrisabzda haydovchi tuman IIB YHXB boshlig‘iga pora berayotgan vaqtida ushlandi
Bo‘shab qolgan deputatlik o‘rni uchun $1500 pora olayotgan shaxs qo‘lga olindi