Google kompaniyasi “G Suite” ofis ilovalari onlayn-paketi rebrendingini o‘tkazdi. Bu haqda vesti xabar berdi.

Foto: Google

Paketning yangi nomi — “Google Workspace”, uning tarkibiga kiruvchi Gmail, Chat, Taqvim va Hujjatlar yangilangan logotiplarga ega bo‘lib, hammasi chambarchas bog‘langan.

Masalan, foydalanuvchi hujjat bilan ishlash davomida yangi sahifa ochmasdan ham chatlar oynasini ishga tushirishi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdimotning o‘zidan hamkasblariga jamoaviy videoqo‘ng‘iroq orqali bog‘lanishi mumkin.

Fayllar bilan ham ishlash shunday, boshqa servislarni alohida ochishga hojat yo‘q.

Boshqa foydalanuvchilar bilan muloqot uchun mo‘ljallangan kartochkalar funksiyalari ham “@” belgisi vositasida kengaytiriladi — ulardan bir yo‘la xat yuborish yoki videochatni ishga tushirish mumkin.

Mavzuga doir:
Google ilova ichidagi to‘lovlar uchun 30 foiz komissiyani majburiy qilib qo‘ydi

Yuqoridagi barcha qulayliklar yaqin hafta va oylarda “Google Workspace” virtual ofisida paydo bo‘ladi.