O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalari asosida elektr energiyasini generatsiya qilish sohasida davlat-xususiy sherikchiligi shartlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida auksion savdolari reglamenti tasdiqlandi.

Foto: Energetika vazirligi axborot xizmati

DXSh shartlarida QTEM investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida boshlang‘ich bahoni pasaytirish bo‘yicha auksion savdolari mexanizmini joriy etish zarurati birinchi navbatda respublika iqtisodiy manfaatlari bilan izohlanadi.

Mazkur raqobat tanlovi mexanizmi tanlov jarayonini raqamlashtirish va so‘nggi qaror qabul qilishda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etgan holda inson omilini kamaytirishga qaratilgan bo‘lib, bu pirovardida qayta tiklanadigan energiya uchun yanada minimal tariflarni olishga olib keladi.

QTEM bo‘yicha Xalqaro agentlik (IRENA) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi 100 dan ziyod mamlakat tomonidan QTEM bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish uchun onlayn auksion mexanizmi joriy etilgan.

2010-2018 yillar davomida auksion savdolari natijalariga ko‘ra, quyosh elektr stansiyalari uchun o‘rtacha elektr energiyasi narxi 74 foizga, shamol elektr stansiyalari uchun elektr energiyasi narxlari 30 foizga kamaygan bo‘lib, bu o‘z navbatida “yashil tariflar” (davlat budjeti) hisobidan QTEM yirik ob’ektlarining subsidiya olishni rad etishlariga xizmat qildi.

Mavzuga doir:
“Rosatom” rahbari Oʻzbekistonga safar qiladi
“Elektr energiyasi tariflari oshirilmaydi” – Energetika vazirligi
Neft-gaz tarmog‘ida servis tavakkalchiligi sharoitida ishlash tartibi tasdiqlandi
Energetika vaziri Turkiya delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi
O‘zbekistonda elektr uzatish liniyalari qurilishi uchun xalqaro tender e’lon qilindi

Xalqaro energetika agentligi (IEA) ma’lumotlariga ko‘ra, 2012-2017 yillar davomida auksion savdolari asnosida umumiy quvvati 152 GVt bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish uchun g‘oliblar aniqlangan bo‘lsa, 2018-2023 yillarda esa bu ko‘rsatkich qariyb 500 GVtni tashkil etadi.

Reglament bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.