Foto: Tsn.ua

12 mlnlik shaharda barcha ko‘ngilochar tadbirlar taqiqlangan, barcha bozorlar va odamlar to‘planishi mumkin bo‘lgan joylar yopilgan. Jamoat transporti qatnovi, temir yo‘l va aviaaloqa to‘xtatilgan.

Shuningdek, Uxan markazida shaxsiy avtomobillardan foydalanish taqiqlangan. Faqatgina taksi va zaxiralar tashuvchi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat berilgan.

Uxandan keyin u bilan qo‘shni 15 shahar ham karantinga yopilgandi. Umumiy hisobda 45 mln kishi izolyatsiyada qolmoqda.

Uxanning hozirgi manzaralarini dronlar yordamida olingan videoda ko‘rish mumkin.

So’ngi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusning yangi turi tufayli kelib chiqqan zotiljamdan vafot etganlar soni 722 nafarga yetdi.