Bu haqida Davlat ekologiya qo‘mitasining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati

Kecha, 11 mart kuni Namangan viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Chust tuman inspektorlari tomonidan Chust tuman IIB YXH bo‘limi bilan birgalikda reyd tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida transport vositalaridan chiqindilarni uloqtirmaslik, atrof muhitni ifloslantirmaslik yuzasidan targ‘ibot- tashviqot ishlari olib borildi, deyiladi xabarda.