“Alyans Altin” MChJ Qirg‘izistondagi Jeruy konida faoliyatini to‘xtatdi. Ma’lumotni kompaniya matbuot xizmati tasdiqladi, deb xabar berdi 24 KG.

Foto: RIA Novosti

Ushbu qaror taqiqlangan ob’yekt – Jeruy ishlab chiqarish maydonining hududiga noma’lum shaxslarning ruxsatsiz kirishi munosabati bilan qabul qilingan.

“Alyans Altin” MChJ vaziyat barqarorlashgunga qadar kondagi barcha ishlarni to‘xtatishga majbur”, – deyiladi kompaniya xabarida.

Ayni paytda, ijtimoiy tarmoqlarda shaxtadagi talon-taroj haqida video tarqalmoqda.

Avvalroq Qirg‘iziston Milliy banki tijoriy banklar va moliya-kredit tashkilotlariga 6-oktabrdan faoliyat yuritmaslikni va xavfsizlik choralarini kuchaytirishni tavsiya etgan.

Mavzuga doir:
Qirg’iziston Markaziy saylov komissiyasi parlament saylovlari natijalarini bekor qildi