Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Daniele Rugani koronavirus bilan og‘rigani ma’lum bo‘ldi. Bu haqida klub rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: Google

25 yoshli Rugani koronavirus bo‘yicha test topshirgan va test natijalari ijobiy natija taqdim etgan.

“Yuventus” ayni damda karantin choralarini ko‘rayotgani ta’kidlangan. Qoidalarga ko‘ra, klub u bilan aloqada bo‘lgan barchaning ro‘yxatini tuzishi va ularni karantinga olishi lozim.

Ma’lumot uchun, Rugani joriy mavsum “Yuventus” safida 7 ta o‘yin o‘tkazdi. Futbolchi so‘nggi bor 22-fevral kuni A Seriya doirasida SPALga qarshi (2:1) bahsda maydonga tushgandi.