Firibgar tanishlari orqali fuqaroni tarozibonlik lavozimiga ishga joylamoqchi bo‘lgan.

Foto: Google

Qarshi shahrida yashovchi 1977-yilda tug‘ilgan shaxs yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali mahalliy fuqaroni “Qarshi ikkilamchi qora metall” MChJga tarozibonlik lavozimiga ishga joylashtirish uchun $80 ming AQSh dollari talab qilgan.

DXX va departamentning viloyat boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur firibgar so‘ralgan $80 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:
Bo‘shab qolgan deputatlik o‘rni uchun $1500 pora olayotgan shaxs qo‘lga olindi