AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Buyuk Britaniyadan tashqari barcha Yevropa mamlakatlaridan AQShga kirishni taqiqladi, deb yozmoqda “Interfax”.

Foto: Mprnews

Cheklovlar 13 mart, juma kuni yarim tunda kuchga kiradi, deyiladi.

Kerakli imtihonlarni topshirgan amerikaliklar uchun istisnolar mavjud.

“Ushbu taqiqlar nafaqat savdo va yuklarning sezilarli hajmlariga, balki boshqa bir qator narsalarga ham ta’sir qiladi… Biz AQShga Yevropadan keladigan hamma narsani avval muhokama qilamiz”, dedi Tramp Oq uydan xalqqa qilgan murojaatida.

Ammo keyinchalik u o’zining Twitter-dagi sahifasida “Yevropadan 30 kunlik sayohat cheklovlari hech qanday savdoga ta’sir qilmaydi” deb yozgan va “taqiq tovarlarni emas, odamlarni to’xtatadi” deb qo’shimcha qiladi.