Rossiyaning Voronej shahridagi Moskva prospektida yetti avtomobil ishtirokida yo’l transport hodisasi yuz berdi, oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi va uch kishi jarohat oldi, deb xabar berdi Rossiyaning TASS axborot agentligi.

Foto: TASS

Yakshanba kuni soat 19:20 atrofida Voronejning Moskva prospektida Kia Rio, Volvo, Lifan ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi.

Skoda avtomobili bilan kelgan komissarlar baxtsiz hodisani ro‘yxatdan o‘tkazayotganda yo‘l chekkasida to‘xtab turgan mashinalarga Toyota avtomobili kelib urilgan. Sal narida yana ikkita avtomobil – Toyota bilan VAZ-2112 to‘qnashgan.

Mavzuga doir:
Toshkentda “Lacetti” bilan to‘qnashgan “Nexia” yonib ketdi

Hodisa natijasida Lifan rusumli avtomashinaning haydovchisi, 1998-yilgi ayol voqea joyida va uning yo‘lovchisi kasalxonaning qabul bo‘limida vafot etgan. Yana uch kishi, shu jumladan piyodalar jarohat olishdi. Politsiya hodisa sabablarini tekshirmoqda.