Kelishuvda 1,5 million yevro miqdorida bonus ham belgilangan. 

Eldor shomurodov futbol uz
Foto: Sports

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaning “Jenoa” klubiga o‘tganidan xabaringiz bor. Italiya A Seriyasida ishtirok etayotgan klub Eldorni Rossiyaning “Rostov” jamoasidan sotib olganini bugun rasman e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, italiyaliklar Eldor Shomurodov uchun “Rostov”ga 7,5 million yevro to‘lagan.

Mavzuga doir:
“Rostov” Shomurodovni 9 million yevroga sotishga rozi bo‘ldi

Shuningdek, hamyurtimizning «Jenoa»dagi maoshi miqdori ham ma’lum bo‘ldi. Uning yillik maoshi 1 million yevroni tashkil etadi.