Ichki ishlar vazirining 11 martdagi shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi, deb xabar bermoqda IIV axborot xizmati.

tayinlov iiv ichki ishlar
Foto: IIV matbuot xizmati

Bunga ko’ra:

Podpolkovnik Arslonov Alisher Miritdinovich

Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamenti Kotibiyat boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar A.Arslonov Tashkiliy departament murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi murojaatlarni turkumlashtirish va nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan

Podpolkovnik Ro‘ziyev Rustam Ergashovich

Navoiy viloyati Tomdi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar R.Ro‘ziyev Navoiy viloyati Xatirchi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Shermuxamedov Maruf Kobiljonovich

Samarqand viloyati Payariq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar M.Shermuxamedov Samarqand viloyati Toyloq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Tog‘ayev Sherzod Xidirnazarovich

Samarqand viloyati Toyloq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Sh.Tog‘ayev shu yerning o‘zida bo‘lim boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Sultanov Elmurod Azatbekovich

Toshkent viloyati Zangiota tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar E.Sultanov Toshkent viloyati Nurafshon shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mayor Amanbayev Navro‘z Zokirjonovich

Toshkent viloyati Nurafshon shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar N.Amanbayev shu yerning o‘zida bo‘lim boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.