Foto: Sputniknews-uz

Qozogʻiston Oliy muftiysi Serikbay hoji Oraz sogʻligʻi yomonlashgani tufayli isteʼfoga chiqdi. Uning oʻrniga Naurizbay hoji saylandi.

Seribay hoji oʻz isteʼfosi haqida “Hazrat Sulton” masjidida oʻtkazilgan Qozogʻiston musulmonlar idorasi IX qurultoy yigʻilishida maʼlum qildi.

Serikbay hoji 2017 yil 8 dekabrda Qozogʻiston Musulmonlar idorasi raisi etib saylangandi.

U oʻzining oʻrniga Naurizbay hojini taklif qildi.

Foto: Sputniknews-uz

Naurizbay hoji 2018 yil oktyabrdan beri mamlakat Musulmonlar idorasi raisining birinchi oʻrinbosari, Nur-Sulton shahri boʻyicha idora vakili, “Hazrat Sulton” masjidi bosh imomi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

U Toshkentdagi Imom Al-Buxoriy nomidagi islom instituti (1993-1997 y.), Qozogʻiston musulmonlar idorasi qoshidagi islom institutida (1999-2001 y.) tahsil olgan.

2009 yilda Misrda oʻz malakasini oshirgan. 2010 yilda Abay nomidagi Olma-Ota davlat universitetii tarix fakultetini, 2011-2013 yillarda esa oliygohning “dinshunoslik” mutaxassisligi magistraturasini tamomlagan.