Bu haqida Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Fuqarolarimizning ko‘p sonli iltimoslariga ko‘ra, Maxtumquli ko‘chasida ko‘prik qurilishi ishlariga qaramay, 12 mart kuni soat 8:00 da Parkent ko‘chasidan Maxtumquli ko‘chasiga bo‘lgan yo‘l Maxtumquli ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasiga bo‘lgan yo‘nalishda ochiladi.

Bunda qurilish ishlari davom etadi, haydovchilardan xavfsizlik choralariga rioya qilishni so‘raymiz.

Vujudga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz! Tez kunda mazkur hududda ishlar yakunlanib, harakat to‘liq tiklanadi, deyiladi xabarda.