2020 yilning 12 – 13 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Finlandiya Respublikasida bo‘ladi. Bu haqida TIV axborot xizmati ma’lum qildi.

Tashqi ishlar vazirligi TIV
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Tashrif dasturidan Helsinki shahrida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning 9-raundida ishtirok etish va qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.