AQShning Merilend shtati politsiyasi koronavirus bilan kasallangan Donald Tramp davolanayotgan Uolter Rid nomidagi harbiy kasalxona yonidagi yoʻlni shubhali sumka tufayli yopib qoʻydi. Bu haqda NBC telekanali xabar qildi.

Foto: REUTERS / Joshua Roberts

Bu holat tibbiyot markazi oldida Trampni qoʻllab-quvvatlash uchun toʻplangan shaxslarning namoyishini toʻxtatib qoʻygan. Tramp tarafdorlaridan yoʻldan chetga oʻtish soʻralgan.

​Shundan soʻng hodisa joyiga bombani zararsizlantiruvchi guruh yetib kelgan. Ular topilmani tekshirib, xavfsizligiga ishonch hosil qilishgandan soʻng Tramp tarafdorlariga oʻz namoyishlarini davom ettirishga ruxsat berishgan.

Mavzuga doir:
Kim Chen In qadrdon hamkasbiga salomatlik tiladi
Shavkat Mirziyoyev koronavirusga chalingan Trampga maktub yo’lladi

Eslatib o’tamiz, 2-oktabr kuni Amerika yetakchisi Donald Tramp u va rafiqasi Melanya koronavirus yuqtirib olgani maʼlum bo’lgandi. Oʻsha kunning oʻzida u kasallikning yengil alomatlari bilan Uolter Rid nomidagi harbiy tibbiyot kasalxonasiga yotqizilgan va u yerda davolanmoqda.